“O’ZBEKISTON IPOTEKANI QAYTA MOLIYALASHTIRISH KOMPANIYASI” AKSIYADORLIK JAMIYATI AKSIYADORLARINING IMTIYOZLI HUQUQI MAVJUDLIGI TO’G’RISIDA BILDIRISHNOMA

16 January 2024

“O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (“O’zIQMK” AJ) Kuzatuv kengashining 2023 yil 22 dekabrdagi 15-sonli majlisi qaroriga asosan 808 100 000 (sakkiz yuz sakkiz million yuz ming) dona, nominal qiymati 

1 000 (bir ming) sо‘m egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2024 yil 15 yanvar kuni P0912-5-son bilan ro’yxatga olinganligini ma’lum qiladi.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 35-36 moddalari shuningdek “O’zIQMK” AJ ustavining 4.6 bandida keltirilgan. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiya chiqarilayotganda, jamiyat aksiyadorlari Jamiyat ustav kapitalidagi aksiyalar miqdoriga mos ravishda qo‘shimcha aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa egalar. Imtiyozli huquqni qo‘llash muddati 10 (o‘n) kun etib belgilangan.

2023 yil 22 dekabr kuni holatiga shakllantirilgan “O’zIQMK” AJ aksiyadorlari reyestriga bor aksiyadorlar Jamiyatning qo’shimncha chiqarilgan aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega ekanligini bildiramiz.

Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni “O’zIQMK” AJga yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida “O’zIQMK” AJga taqdim etilishi kerak.

Imtiyozli huquq asosida har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagicha: Aksiyador o‘ziga tegishli oddiy aksiyalarni “O’zIQMK” AJ tomonidan ilgari joylashtirilgan jami 132 790 200 dona oddiy aksiyalardagi ulushini aniqlaydi va shu ulushga teng ulushda ushbu chiqarilishdagi aksiyalardan olishga haqli boʻladi.

Imtiyozli huquqning amal qilish muddati 2024 yilning 16 yanvar kunidan boshlanadi, hamda 10 (o‘n) kalendar kunini tashkil etishini ma’lum qilamiz.

Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng  

2024 yilning 26 yanvar kunidan boshlab qolgan aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi AJning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-394-sonli qarorining 1-ilovasida ko’rsatilgan aksiyadorlar va investorlarga joylashtiriladi.

Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Aksiyalar uchun toʻlovlar “O‘zIQMK” AJ ning bank rekvizitlari:  

“O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ 

h/r 21508 000 0 05141951 001 

O’zRMB Toshkent sh.BB HKMda 

MFO 00014 STIR 306 834 286 rekviziti bo‘yicha qabul qilinadi.

“O‘zIQMK” AJ ning yuridik adresi va joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent shahri, Amir Temur shox ko‘chasi, Halqaro Hamkorlik Markazi 107B-uy, 14A 

Tel.: +99878 148 30 00 (116) 

Elektron pochta manzili: info@uzmrc.uz 

E-xat manzili: uzmrc@exat.uz

Veb-sayt manzili: www.uzmrc.uz