Kompaniya aksiyadorlari
O'zIQMK O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-noyabrda tashkil etilgan bo'lib, aksiyadorlik jamiyati sifatida ro'yxatga olingan. Jamiyat qisqa davr ichida Moliya vazirligi bilan OTB mablag'lari hisobidan kredit berish to'g'risida shartnoma imzoladi, OTB tomonidan keng qamrovli tahlil va o'rganishdan o'tdi va loyihaning ijro etuvchi agentligi sifatida tasdiqlandi, o'zining ustav kapitalini 4 baravar oshirdi, shu jumladan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda aksiyadorlar qatoriga O'zbekistonning 14 ta eng yirik tijorat banklari, shundan 4 ta xususiy tijorat banki kiritildi. Jamiyat aksiyadorlarining ulushi quyidagicha:
№ |
AKSIYADORNING NOMI |
FOIZ ULUSHI |
1. |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
35,41% |
2. |
“O`zmilliybank” AJ |
10,87% |
3. |
Xalq banki |
9,08% |
4. |
“Agrobank” ATB |
7,76% |
5. |
“Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB |
6,6% |
6. |
“Asaka” АТВ |
6,49% |
7. |
“Turonbank” ATB |
3,89% |
8. |
“Mikrokreditbank” ATB |
3,83% |
9. |
“Aloqabank” ATB |
3,83% |
10. |
“Ipoteka-bank” ATIB |
3,35% |
11. |
“O`zsanoatqurilishbank” ATB |
3,25% |
12. |
“Orient Finans” XATB |
2,76% |
13. |
“Hamkorbank” ATB |
2,59% |
14. |
ATB “Invest Finance Bank” |
0,14% |
15. |
“Kapitalbank” ATB |
0,14% |
* Kompaniya tomonidan boshqa tashkilotlarning aksiyalari sotib olinmagan.