08 February 2024

"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJning korporativ obligatsiyalari Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritildi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi qarori (https://lex.uz/uz/pdfs/6791678) tasdiqlandi. 

 

Unga ko'ra, "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) tomonidan chiqariladigan korporativ obligatsiyalar Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kiritildi.

 

Ma'lumot o'rnida, Qaror joriy yilning 8-martidan kuchga kirishi belgilangan.

Поделиться: