26 December 2023

"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) hisoboti taqdimotida ishtirok etdi.

"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan tashkillashtirilgan “O‘zbekiston ko‘chmas mulk va ipoteka bozori” hisoboti taqdimotida ishtirok etdi. 

 

Hisobot Biznesni rivojlantirish banki homiyligida tayyorlanib respublika bo‘yicha uy-joy narxlari, ko’chmas mulk bozorining joriy holati va kelajagi hamda fundamental va iqtisodiy omillarga asoslangan pufak xavfi  to’g’risidagi tahlillar bilan birgalikda 5455 aholi va 141 qurilish kompaniyalari orasida o’tkazilgan so’rov natijalarini ham o’z ichiga oldi.

 

Tadbir davomida uy-joy siyosatini muvofiqlashtirish, arzon uy-joy - uy-joy taklifi, arzon va qulay ipoteka kreditlari, moliyalashtirish manbalari kabi dolzarb masalalar bo'yicha Kompaniya rahbari jahon ipoteka bozori tajribalaridan kelib chiqqan holda o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Поделиться: