O'zbekiston delegatsiyasi Malayziya xizmat safarida
Bugun Iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ faoliyatini rivojlantirish, ipoteka va uy-joy qurilishini barqarorlashtirish hamda uy-joy massivlarini muhandislik-kommunikatsiya tizimlari bilan ta'minlash borasida xalqaro tajribani o'rganish uchun Malayziyaning Kuala-lumpur shahriga jo'nab ketdi.
Kompaniya Bosh ijrochi direktori Murodjon Farmanov, Kompaniya portfel menejeri Xojiakbar Raximov, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Departament direktorlari Sanjar Nosirov va Nusratulla Fazilov, SQB Departament direktori Akmal Palvanovlar tarkibidan iborat bo'lgan delegatsiyani 21-24 avgust kunlari davomida tegishli tashkilotlar bilan qizg'in uchrashuvlar kutmoqda.