Biz 1 yoshdamiz!
Aziz do'stlar,
Biz mamnuniyat bilan xabar beramizki, bugun "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ o'zining birinchi tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Bizning Kompaniyamiz 2019 yil 4 -noyabrda arzon uy -joy qurishni rag'batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Biz banklarga ipoteka biznesini rivojlantirishga, xalqaro ipoteka kreditlash amaliyotini targ'ib qilishga va obligatsiyalar chiqarish orqali mahalliy kapital bozorining o'sishiga hissa qo'shishga imkon beramiz. Biz birlashdik va maqsadlarimizga erishish uchun bor kuchimizni sarflamoqdamiz. O'zbekistonda pandemiya sabab iqtisodiy faollik zaiflashganiga qaramay, biz birinchi bosqichli bitimlarni muvaffaqiyatli imzoladik va banklarga dastlabki uchta kreditni berdik.