07 February 2024

🏠 IPOTEKA ISTIQBOLLARI QIZG'IN MUHOKAMADA

 

Bugun "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya) va Hamkor banklar ("Ipoteka-bank" ATIB, "Hamkorbank" ATB, "O'zmilliybank" AJ, "O'zsanoatqurilishbank" ATB, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB, AT "Xalq banki", "Asakabank" AJ, "Agrobank" ATB, "Turonbank" ATB, "Orient finans bank" ATB, "Invest finans bank" ATB) o'rtasida 2023-yil yakunlari sarhisobi va 2024-yil rejalariga bag'ishlangan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Kompaniyaning Korporativ masalalar bo'yicha Bosh ijrochi direktor o'rinbosari A. Kariyev, G'aznachilik rahbari M.Jumagaldiyev, "Qayta moliyalashtirish bloki"ning mas'ul xodimlari hamda Hamkor Banklarning Rais o'rinbosarlari va Departament boshliqlari ishtirokida "Qayta moliyalashtirish bloki" Katta tahlilchisi U.Jumaniyazov tomonidan qizg'in olib borildi. 

 

Yig'ilishda 2023-yildagi ilg'or Hamkor Banklar e'tirof etildi, yutuqlar, kamchiliklar birma-bir muhokama qilindi. 2024-yil istiqbolli rejalari ko'rib chiqildi.

Поделиться: