"InFinBank" AJ va O'zIQMK AJ o'rtasida Bosh Qayta moliyalashtirish Kelishuvi imzolandi
Bugun O'zIQMK AJ "InFinBank" AJ bilan Bosh Qayta moliyalashtirish Kelishuvini imzoladi va hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
Bu esa o'z navbatida aholining turar joyga bo'lgan ehtiyojini qondirishdagi navbatdagi dadil qadamlardir.
Endilikda "InFinBank" mijozlari ham Kompaniya muvofiq talablari asosida ajratiladigan kreditlar evaziga o'z uy-joylariga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin.
Ma'lumot o'rnida, "InFinBank" AJ mamlakatimizda o'z faoliyatini 2007-yildan boshlagan bo'lib, shu davrga qadar rivojlanib, bir muncha yutuqlarga erishib kelayotgan nufuzli banklardan hisoblanadi.