05 July 2021

Ipoteka kreditlari olishning ba'zi mezonlari o'zgardi

Loyihani boshqarish bo'yicha qo'llanmaning (PAM) yangilanishi munosabati bilan 2021 yil 5-iyuldan boshlab tijorat banklari (Ishtirok Etuvchi Moliya Institutlari) tomonidan muvofiq impoteka krediti portfelini shakillantirish uchun quyidagi mezonlarga o’zgarishlar kiritildi:

  1. Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining maksimal chegarasi ilgari belgilangan 323 million so'm o'rniga 400 million so'mni tashkil etdi.
  2. Qarz oluvchining (uy xo'jaligining) oylik maksimal sof daromadi ilgari belgilangan 10 million so'm o'rniga 15 million so'mni tashkil etdi.

Qolgan mezonlar o'zgarishsiz qoldi.

Поделиться: