10 November 2022

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e'lon qiladi.

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati sizga o‘z hurmatini bildirib, 2022-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e'lon qiladi. “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining elektron pochta manzili - info@uzmrc.uz.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining boshlanish vaqti - soat 15:00. 

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish vaqti soat 14:45 dan 15:00 gacha.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi- 2022-yil 9-noyabr; 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi- 2022-yil 29-noyabr.

 

Kun tartibi:

1.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining  sanoq komissiyasi a'zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.                                                                                

2.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3.Jamiyat e'lon qilingan aksiyalarining eng ko‘p miqdorini belgilash;

4.Jamiyat ustaviga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlash. 

 

Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining barcha ma'lumotlari (materiallari) bilan Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida tanishishlari mumkin. Bog‘lanish uchun telefon - 78 148 30 00 (116) (Korporativ maslahatchi - Burieva L.X.). Murojaatlar dushanbadan jumagacha har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha (tanaffus – 13:00 dan 14:00 gacha) qabul qilinadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq berilgan ishonchnoma bo‘lishi shart.

 

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi

Поделиться: