Murodjon Farmanov, CFA
Bosh ijrochi direktor
Murodjon Farmanov "O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJning Bosh ijrochi direktori. U investitsion va taraqqiyot banki sohasida deyarli 15 yillik tajriba bilan, lavozimga 2020-yilning iyul oyida tayinlangan.
Bunga qadar Murodjon Farmanov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Mitsubishi UFJ Financial Group va Sumitomo Mitsui Banking Corporation kabi tashkilotlarning Moliya institutlari bo’linmalarida da turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Murodjon Farmanov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan Bakalavr, Buyuk Britaniyaning Liverpool Universitetidan Magistr darajalariga hamda CFA sertifikatiga ega.