XABAR

04 May 2023

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati sizga o‘z hurmatini bildirib, 2023 yil 29 may kuni Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e'lon qiladi. “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining elektron pochta manzili - info@uzmrc.uz.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining boshlanish vaqti - soat 15:00. 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish vaqti soat 14:45 dan 15:00 gacha.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi- 2023 yil 3 may; 

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi- 2023 yil 23 may.

Kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining  sanoq komissiyasi a'zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

2. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

3. "O‘zIQMK" AJ Ijroiya organining 2022 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash;

4. "O‘zIQMK" AJ Kuzatuv kengashining 2022 yil yakunlari bo‘yicha Jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi  hisobotini tinglash;

5. "O‘zIQMK" AJning 2022 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari va moliyaviy holati to‘g‘risidagi auditorlik tashkilotining MHXS asosida tayyorlangan auditorlik hisobotini tasdiqlash;

6. "O‘zIQMK" AJ ning 2022 yildagi faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari natijalarini ko‘rib chiqish;

7. "O‘zIQMK" AJ ning 2022 yildagi korporativ boshqaruv tizimini baholash va korporativ boshqaruv Kodeksi qoidalari tavsiyalariga rioya qilish natijalarini ko‘rib chiqish;

8. Hisobot yilining sof foydasini taqsimlash;

9. Kuzatuv kengashi a'zosi O. Z. Nasritdinxodjaevning vakolatini muddatidan oldin tugatish;

10. A.M. Boboevni “O‘zIQMK” AJ Kuzatuv kengashi a'zosi etib, uch yil muddatga saylash;

11. "O‘zIQMK" AJning 2023 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari va moliyaviy holatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish va MHXS asosida  auditorlik hisobotini tuzish  uchun auditorlik tashkilotini, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish;

12. "O‘zIQMK" AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

13. "O‘zIQMK" AJning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;

14. "O‘zIQMK" AJning "Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomi"ni yangi tahrirda  tasdiqlash;

15. “O‘zIQMK” AJning "Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomi"ni yangi tahrirda tasdiqlash;

16. "O‘zIQMK" AJning "Ijroiya organi to‘g‘risidagi Nizomi"ni yangi tahrirda tasdiqlash;

17. "O‘zIQMK" AJning affillangan shaxs bilan jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma'qullash.

Aksiyadorlar aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun barcha ma'lumotlar (materiallar) bilan Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107b-uy, 14A manzilida tanishishlari mumkin. Bog‘lanish uchun telefon - 78 148 30 00 (116) (Korporativ maslahatchi - Burieva L.X.). Murojaatlar dushanbadan jumagacha har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha (tanaffus – 13:00 dan 14:00 gacha) qabul qilinadi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq berilgan ishonchnoma bo‘lishi shart.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 58-moddasiga asosan, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish chog‘ida umumiy yig‘ilishda, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish va ovozga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradigan axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanilishi mumkin.            

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi”  aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi