Rasmiy axborot

10 July 2024

Sana: 2024 yil 10 iyul

Rasmiy axborot

2024 yil 10 iyul kuni korporativ obligatsiyalarni joylashtirish to‘g‘risida:

“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 2024 yil 10 iyul kuni Obligatsiyalar chiqarilish to‘g‘risidagi Qaror (davlat ro‘yxati raqami 2024 yil 26 iyundagi P0912-2-son) 11.2-bandi talabiga ko‘ra quyidagi shartlar asosida obligatsiyalarni birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.

Joylashtirish usuli: uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida investor va emitent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali yopiq obuna usulida.

Emitent: “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati.

Joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:

Obligatsiya ko‘rinishi, turi va chiqarilish shakli: Egasining nomi yozilgan hujjatsiz shakldagi foizli obligatsiyalar;

 

Davlat identifikatsiya raqamiRU302P0912T5;

Bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

Obligatsiyalar soni: 150 000 (bir yuz ellik ming) dona;

Chiqarilish hajmi: 150 000 000 000 (bir yuz ellik milliard) so‘m;

Joylashtirishni boshlash sanasi: 2024 yil 10 iyul;

Muomala davrining boshlanish sanasi: 2024 yil 10 iyul;

Muomala davri: 1093 kun;

Obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2027 yil 08 iyul;

Foizli daromad stavkasiyillik 19% (o‘n to‘qqiz) foiz;

Foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy;

To‘lov valyutasi: so‘m;

Foizli daromadlarning to‘lov grafigi:

Tartib raqami

To‘lov sanalari*

Bir dona obligatsiya uchun foizli daromad miqdori, so‘m

birinchi davr:

2025 yil 07 yanvar

94 219,18

ikkinchi davr:

2025 yil 08 iyul

94 739,73

uchinchi davr:

2026 yil 07 yanvar

95 260,27

to‘rtinchi davr:

2026 yil 08 iyul

94 739,73

beshinchi davr:

2027 yil 07 yanvar

95 260,27

oltinchi davr:

2027 yil 08 iyul

94 739,73

 

* Obligatsiya bo‘yicha foizli daromadlarni to‘lash - oraliq davrlarning yakuniga o‘rnatilgan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan shakllantirilgan obligatsiyalar egalari reyestriga asosan, reyestr olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni davomida amalga oshiriladi.