Rasmiy axborot
12 October 2023Sana: 2023-yil 12-oktabr
2023-yilning 17-oktabr kunida korporativ obligasiyalarni joylashtirish to‘g‘risida:
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 2023-yilning 17-oktabr kunida Obligatsiyalar chiqarilish to‘g‘risidagi Qarorning (2023-yil 21-sentabrda P0912-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 11.2-bandi talabiga ko‘ra quyidagi shartlar asosida obligatsiyalarning birlamchi joylashtirilishini e'lon qiladi.
Joylashtirish usuli: uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida investor va emitent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali yopiq obuna usulida.
Emitent: “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati.
Joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:
Obligatsiya ko‘rinishi, turi va chiqarilish shakli: Egasining nomi yozilgan hujjatsiz shakldagi foizli obligatsiyalar;
Davlat identifikasiya raqami: RU301P0912T7;
Bir dona obligasiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
Obligatsiyalarning soni: 140 000 (bir yuz qirq ming) dona;
Chiqarilish hajmi: 140 000 000 000 (bir yuz qirq milliard) so‘m;
Joylashtirishni boshlash sanasi: 2023-yil 17-oktabr;
Muomala davrining boshlanish sanasi: 2023-yil 17-oktabr;
Muomala davri: 1095 kun;
Obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2026-yil 16-oktabr;
Foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy;
To‘lov valyutasi: so‘m.
Foizli daromadlarning to‘lov grafigi:
Tartib raqami |
To‘lov sanalari* |
Bir dona obligatsiya uchun foizli daromad miqdori, so‘m |
Birinchi davr: |
2024 yil 17 aprel |
95 260,27 |
Ikkinchi davr: |
2024 yil 17 оktabr |
95 260,27 |
Uchinchi davr: |
2025 yil 17 aprel |
94 739,73 |
To‘rtinchi davr: |
2025 yil 17 оktabr |
95 260,27 |
Beshinchi davr: |
2026 yil 17 aprel |
94 739,73 |
Oltinchi davr: |
2026 yil 16 оktabr |
94 739,73 |
* Obligatsiya bo‘yicha foizli daromadlarni to‘lash - oraliq davrlarning yakuniga o‘rnatilgan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan shakllantirilgan obligatsiyalar egalari reestriga asosan, reestr olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni davomida amalga oshiriladi.