02 February 2022

“Oʼzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ АXBOROTI

“Oʼzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ oʼz faoliyatini davom ettirmoqda.

2022 yilning 1 choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln. АQSh doll. miqdorida qayta moliyalashtiriladi.

Kompaniya tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan qoʼshimcha mablagʼlar jalb etilishi boʼyicha tegishli ishlar olib borilmoqda va 2022 yilning ikkinchi yarim yilligida oʼzlashtirilishini boshlanishi kutilmoqda.

Аyni paytda joriy yilning birinchi yarim yilligida Moliya vazirligi resurlarini jalb etilishi nazarda tutilmoqda.

Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan resurs talablari asosida ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun 2021 yilda 1,9 trln. soʼm ipoteka kreditlari ajratildi, 2022 yil davomida 2,0 trln. soʼm miqdorida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

2021-2022 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish boʼyicha Yoʼl xaritasi doirasida tijorat banklarini resurslar bilan barqaror taʼminlash maqsadida sekьyuritizatsiya va ipoteka obligatsiyalar muomalasi amalga oshirilishini huquqiy asoslari yaratilmoqda.

2023 yildan boshlab Kompaniya tomonidan ipoteka obligatsiyalari chiqarilishi rejalashtirilgan va mazkur mablagʼlar hisobidan Kompaniya faoliyati yanada rivojlanadi.

Shu bilan birga, joriy etilgan yangi tartib doirasida Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun muntazam ravishda resurslar ajratib kelinmoqda.

Moliya vazirligi resurslari hisobidan birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun 2021 yilda 5,0 trln. soʼm ajratildi, 2022 yilda aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga 12,8 trln. soʼm resurslar ajratilishi nazarda tutilgan.

Поделиться: