Dividendlar
2021 yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarga taqsimlangan dividend bo‘yicha ma'lumot
"O'zIQMK" AJning “Dividend siyosati to‘g‘risida”gi nizomiga hamda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2022-yil 29-iyundagi qaroriga asosan 12 866 000 000 so‘m (2020 yil uchun taqsimlanmagan foydaning qolgan qismi 1 346 091 022,96 so‘m miqdorda va 2021 yil foydasidan ajratilgan 11 519 908 977,04 so‘m miqdorida) ustav kapitalini kapitallashtirish uchun soliqlar va chegirmalarni hisobga olgan holda 1 000 so'mdan 12 222 700 dona aksiyalarni tashkil qildi va aksiyadorlar o'rtasida egalik ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlandi.
2022 yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarga taqsimlangan dividend bo‘yicha ma'lumot
“O‘zIQMK” AJning 2022 yil yakunlari bo‘yicha olgan 24 137 502 630,30 so‘m miqdoridagi sof foydasining 89,7%ini “O‘zIQMK” AJning “Dividend siyosati to‘g‘risidagi Nizomi”ga muvofiq, qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali “O‘zIQMK” AJ ustav kapitalini oshirishga (5% soliq to‘lovlarini hisobga olib) 21 650 000 000,0 so‘m yo‘naltirildi. Bunda nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan 20 567 500 dona aksiya aksiyadorlar o‘rtasida egalik ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlandi.
2023 yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarga taqsimlangan dividend bo‘yicha ma'lumot
“O‘zIQMK” AJning 2023 yil yakunlari bo‘yicha olgan sof foydasining 86,69%, ya'ni 26 927 269 218,00 so‘m “O‘zIQMK” AJning Dividend siyosatiga muvofiq, qo‘shimcha aksiyalar chiqarish orqali “O‘zIQMK” AJ ustav kapitalini oshirishga (5% soliq to‘lovlarini hisobga olib) yo‘naltirildi. Bunda nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan 25 580 825 dona aksiya aksiyadorlar o‘rtasida egalik ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlandi.