05 July 2021
Ipoteka kreditlari olishning ba'zi mezonlari o'zgardi
Loyihani boshqarish bo'yicha qo'llanmaning (PAM) yangilanishi munosabati bilan 2021 yil 5-iyuldan boshlab tijorat banklari (Ishtirok Etuvchi Moliya Institutlari) tomonidan muvofiq impoteka krediti portfelini shakillantirish uchun quyidagi mezonlarga o’zgarishlar kiritildi:
- Uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining maksimal chegarasi ilgari belgilangan 323 million so'm o'rniga 400 million so'mni tashkil etdi.
- Qarz oluvchining (uy xo'jaligining) oylik maksimal sof daromadi ilgari belgilangan 10 million so'm o'rniga 15 million so'mni tashkil etdi.
Qolgan mezonlar o'zgarishsiz qoldi.