Rasmiy axborot
10 July 2024Sana: 2024 yil 10 iyul
Rasmiy axborot
2024 yil 10 iyul kuni korporativ obligatsiyalarni joylashtirish to‘g‘risida:
“O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 2024 yil 10 iyul kuni Obligatsiyalar chiqarilish to‘g‘risidagi Qaror (davlat ro‘yxati raqami 2024 yil 26 iyundagi P0912-2-son) 11.2-bandi talabiga ko‘ra quyidagi shartlar asosida obligatsiyalarni birlamchi joylashtirilishini e’lon qiladi.
Joylashtirish usuli: uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida investor va emitent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali yopiq obuna usulida.
Emitent: “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati.
Joylashtiriladigan obligatsiyalar rekvizitlari:
Obligatsiya ko‘rinishi, turi va chiqarilish shakli: Egasining nomi yozilgan hujjatsiz shakldagi foizli obligatsiyalar;
Davlat identifikatsiya raqami: RU302P0912T5;
Bir dona obligatsiyaning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
Obligatsiyalar soni: 150 000 (bir yuz ellik ming) dona;
Chiqarilish hajmi: 150 000 000 000 (bir yuz ellik milliard) so‘m;
Joylashtirishni boshlash sanasi: 2024 yil 10 iyul;
Muomala davrining boshlanish sanasi: 2024 yil 10 iyul;
Muomala davri: 1093 kun;
Obligatsiyalarning so‘ndirish sanasi: 2027 yil 08 iyul;
Foizli daromad stavkasi: yillik 19% (o‘n to‘qqiz) foiz;
Foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy;
To‘lov valyutasi: so‘m;
Foizli daromadlarning to‘lov grafigi:
Tartib raqami |
To‘lov sanalari* |
Bir dona obligatsiya uchun foizli daromad miqdori, so‘m |
birinchi davr: |
2025 yil 07 yanvar |
94 219,18 |
ikkinchi davr: |
2025 yil 08 iyul |
94 739,73 |
uchinchi davr: |
2026 yil 07 yanvar |
95 260,27 |
to‘rtinchi davr: |
2026 yil 08 iyul |
94 739,73 |
beshinchi davr: |
2027 yil 07 yanvar |
95 260,27 |
oltinchi davr: |
2027 yil 08 iyul |
94 739,73 |
* Obligatsiya bo‘yicha foizli daromadlarni to‘lash - oraliq davrlarning yakuniga o‘rnatilgan tartibda Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan shakllantirilgan obligatsiyalar egalari reyestriga asosan, reyestr olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni davomida amalga oshiriladi.