07 June 2021

“Vaqtni boshqarish” mavzusida trening bo’lib o’tdi

Kompaniya xodimlari uchun Person Hunters akademiyasi tomonidan vaqtni boshqarish va undan oqilona foydalanish, shuningdek, bu orqali faoliyat samaradorligini oshirish hamda ish jarayonlarini optimallashtirishning tushunarli va qulay vositalari bilan tanishish maqsadida “Vaqtni boshqarish” mavzusida trening bo’lib o’tdi.

Trening davomida ishtirokchilar boshqaruv funktsiyalarining yangi shakllari, maqsadlarni to‘g‘ri belgilash, ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri belgilash, topshiriqlarni bajarish muddatlarini aniq qo’yish, oldindan rejalashtirish va o‘z maqsadlariga erishish uchun vaqtni to’g’ri tashkil qilish ko‘nikmalari bilan tanishtirildi.

Trening intensiv muloqot rejimida o'tkazildi. Trening davomida faoliyat samaradorligini oshirish hamda samarali rejalashtirish va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini egallash masalalari muhokama qilindi.

Поделиться: