16 February 2024

🤝 OTB "O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya)ga texnik ko'mak ko'rsatishga tayyorligini bildirdi

 

Kuni kecha OTBning Markaziy va G'arbiy Osiyo bo'yicha departamenti Xususiy sektorni rivojlantirish bo'limining mintaqaviy rahbari Enriko Pinali boshchiligidagi OTB jamoasi va  Kompaniya rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda OTB tomonidan Kompaniyaning ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) standartlariga muvofiqligini ta'minlash maqsadida texnik ko'mak ko'rsatishi bosqichlari muhokama qilindi.

 

Unga ko'ra dastlab OTB va uning mutaxassis jamoasi Kompaniyaning ESG amaliyotlari, siyosatlari va strategiyalariga tayyorlik darajasini aniqlashda diagnostik baholashni o'tkazadi. 

Bu esa ESGga muvofiq bo'lish yo'lidagi harakatlarning yo'l xaritasini va ularga erishish uchun zarur bo'lgan qadamlarni aniqlash uchun bo'shliqni baholashga yordam beradi. 

 

Uchrashuv davomida OTB va Kompaniyaning kelgusidagi doimiy hamkorligi belgilab olindi.

Поделиться: