26 October 2023

"Orient Finans" bank va O'zIQMK AJ o'rtasida Bosh Qayta moliyalashtirish Kelishuvi imzolandi

O'zIQMK AJ mamlakatimizning yana bir yirik xususiy banklaridan "Orient Finans" bank bilan Bosh Qayta moliyalashtirish Kelishuvini imzoladi va hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

 

Ma'lumot o'rnida, "Orient Finans" bank O'zbekistonda 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning moliyaviy va aktiv ko'rsatkichlari barqaror o'sish dinamikasiga ega va buning ishonchliligini xalqaro va milliy agentliklarning kredit reytinglari tasdiqlaydi.

 

Shunday qilib, endilikda OFB mijozlari ham Kompaniya muvofiq talablari asosida ajratiladigan kreditlar evaziga o'z uy-joylariga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin.

Поделиться: