Hamkor tijorat banklarga navbatdagi kredit ajratish to'g'risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-377-son qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda - “Kompaniya”) «Ipoteka-Bank» ATIB, «O‘zmilliybank» AJ, «Asakabank» AJ, Xorijiy kapital ishtirokidagi «Hamkorbank» AJ va «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banklariga o‘rta muddatli kreditlar ajratdi. Mazkur kreditlar hisobidan tijorat banklari tomonidan qulay stavkada berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari portfeli kelgusida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladi.