13 March 2024

"O'zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ "uzA+" darajasida milliy miqyosda birlamchi kredit reytingini qo'lga kiritdi

"O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ (Kompaniya)ga nufuzli reyting agentligi hisoblanmish "Ahbor-reyting" MChJ (Ahbor-Reyting) tomonidan 2023-yil yakunlari reyting natijalariga ko'ra "barqaror" prognozi bilan "uzA+" darajasida milliy miqyosda birlamchi kredit reytingi berildi.

 

"uzA+" reytingi Kompaniyaning kreditga layoqatliligining juda yuqori va shu bilan birga,  kredit xavfining juda past darajasini anglatadi.

 

 

"uzA+" reytingiga ega bo'lgan kompaniyalar kreditorlar, depozitorlar, va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida va to'laqonli bajarish uchun yuqori salohiyatga ega bo'lgan tashkilotlar hisoblanishadi.

 

Kompaniya reytingi uning kapital  bozoridagi o'sib borayotgan mavqeini, taniqli brendini, tavakkalchilikni boshqarishning a'lo ko'rsatkichini, muvozanatli likvid pozitsiyasini va maqbul kapitallashuvni, shuningdek, doimiy ravishda o'sib borayotgan moliyaviy natijalarni aks ettiradi. 

 
Поделиться: