09 January 2023
Qo’shimcha moliyalashtirish manbasi haqida
«O‘zbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi» AJ (keyingi o‘rinlarda - “Kompaniya”) 2022-yil 21-dekabrda Osiyo Taraqqiyot Banki va O‘zbekiston Respublikasi nomidan Moliya vazirligi o’rtasida Kompaniyaga moliyalashtirish manbasi (liniya) taqdim qilish uchun yangi qarz shartnomasi (№ 4245-UZB) kuchga kirganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Bundan asosiy maqsad, muvofiq tijorat banklari tomonidan aholiga berilgan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish amaliyotida foydalanish.